Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
«Ўзбекистон – 2030» стратегиясини замон талаблари асосида такомиллаштириш - муҳим истиқболли босқич!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 21-сессияси бўлиб ўтди!
Xonaqa mahallasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi!

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov ishtirokida Xonaqa mahallasida mahalla raisining hududni rivojlantirishga qaratilgan faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallani kompleks rivojlantirish, aholi muammolarini tizimli hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ijrosi muhokama qilindi.

Xonaqa mahallasi Samarqand viloyatidagi “Og‘ir” mahallalar dasturi doirasida manzilli dasturga kiritilgan bo‘lib, 2026-yilda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bir qator muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xususan, Xonaqa, Changaltepa, Nusfikor, Egarchi qishloqlarida aholi tomorqalarida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 1,5 km ariqlar betonlashtiriladi. Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 dona transformator punkti o‘rnatilib, 10 km uzunlikda beton ustunlar asosida yangi elektr tarmoqlari tortiladi.

Shu bilan birga, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash doirasida mahalla ko‘chasiga 0,5 km asfalt qoplama yotqiziladi, Egarchi va Egarchi-1 qishloqlarini bog‘lovchi 2 km uzunlikdagi (1,5 metr kenglikda) piyodalar yo‘laklari barpo etiladi. Hududda tungi yoritishni yaxshilash maqsadida 60 dona energiya tejamkor ko‘cha chiroqlari o‘rnatiladi.

Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida mahalla infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay va zamonaviy yashash sharoitlari yaratiladi.

Ta’kidlash joizki, Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati N.Kiyamov tomonidan hududdagi loyihalar manzilli o‘rganilib, ularning samarali ijrosi ustidan doimiy nazorat olib boriladi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka muntazam ravishda ma’lumot berib boriladi. 

Slide 1 of 2