Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
«Ўзбекистон – 2030» стратегиясини замон талаблари асосида такомиллаштириш - муҳим истиқболли босқич!
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгашининг навбатдаги 21-сессияси бўлиб ўтди!
#doimiy_komissiya 📌 Kadastr sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot eshitildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masala ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-maydagi KQ–174–V-son qarori ijrosi yuzasidan tuman davlat kadastr bo‘limida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasi Ishtixon tumani filiali boshlig‘i H.Astonovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular bilan ochiq va shaffof muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan:

xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirish ishlari, davra suhbatlari va yig‘ilishlar muntazam o‘tkazilgan;

xodimlardan qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tilxat va kafolat xatlari olingan;

murojaatlar bilan ishlashda ortiqcha byurokratiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Shuningdek, sohada korrupsiyaning oldini olish maqsadida viloyat boshqarmasi hamda mas’ul mutaxassislar tomonidan tizimli nazorat va targ‘ibot ishlari olib borilgan. Tuman prokuraturasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatlarida korrupsiyaviy holatlar uchun javobgarlik masalalari keng tushuntirilgan.

Hisobot davomida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilik hujjatlari va me’yoriy talablariga qat’iy rioya etish, xizmat ko‘rsatishda halollik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z muddatida ko‘rib chiqish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida poraxo‘rlik holatlarini fosh etishda tashabbus ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish mexanizmi joriy etilgani qayd etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan kadastr sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarga sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 4