35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi o'ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Деҳқонобод туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
#doimiy_komissiya 📌 Soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti eshitildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalardan biri ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF–5283-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O.Usmonovning 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2025-yilda tuman mahalliy byudjeti daromadlari bo‘yicha belgilangan 164,6 mlrd so‘mlik reja 175,4 mlrd so‘mga bajarilib, 106 foiz natija bilan ortig‘i bilan ta’minlangan. Xususan, 4-chorak yakunlari bo‘yicha ham belgilangan reja 110 foizga bajarilgan.

Soliq turlari kesimida ham ijobiy ko‘rsatkichlarga erishilgan. Jumladan:

jismoniy shaxslarning yer solig‘i 124,2 foizga,

mol-mulk solig‘i 116 foizga,

yuridik shaxslarning yer solig‘i 126 foizga,

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq esa 335 foizga bajarilgan.

Hisobotda, shuningdek, soliq bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 2025-yil davomida tumanda 267 ta yangi kichik biznes subyekti hamda 786 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar tashkil etilgan. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni esa 18 ming nafardan oshgan.

Byudjet to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish yo‘nalishida ham tegishli choralar ko‘rilib, yuborilgan talabnomalar asosida 110 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilgan. Shuningdek, soliq qarzdorligini qisqartirish, majburiy ijro choralarini qo‘llash hamda bankrotlik tartib-taomillari orqali undirish ishlari olib borilgan.

Komissiya a’zolari tomonidan hisobot atroflicha muhokama qilinib, byudjet daromadlarini yanada oshirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish hamda qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 3