Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI

PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI ❗️

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Zoir Shodmonov Bog'ishamol mahalla fuqarolari yig'ini Paxtakor pedagogika kollejida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida ishtirok etdi. Tadbir yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.

O‘yin davomida jamoalar turli fanlar, tarix, adabiyot va umumiy bilimga oid savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Deputat yoshlarning faol ishtiroki va bilimga bo‘lgan qiziqishini yuqori baholadi.

Shuningdek, deputat yoshlarni ilm olishga, kitob mutolaasiga e’tibor qaratishga hamda intellektual o‘yinlarda faol qatnashishga chaqirdi. 

Tadbir yakunida faol jamoalar rag‘batlantirilib, bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7