Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
SESSIYA

2026-yil 4-mart kuni Uchquduq tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan hisobot va axborotlar tinglandi. Jumladan:

 tumanda “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, 2026-yil mahalliy budjetining yil boshidagi erkin qoldiq mablag‘larini taqsimlash, aholini doimiy ish bilan ta’minlash va bandligini oshirish choralari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari, tumanda sog‘liqni saqlash tizimi hamda tez tibbiy yordam xizmatlari faoliyati muhokama qilindi.

Shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining 2026-yil birinchi chorak davomida saylovchilar oldida hisobot berish reja-jadvali tasdiqlandi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 11