Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
2026 йилги Давлат дастури: Иқтисодий барқарорлик ва модернизация йўли
Fuqarolar murojaati — doimiy nazoratda

 Chortoq tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman kengashiga 10-Zafar Diyor saylov okrugidan deputat Ilhomjon Sattarov o‘z saylov hududida yashovchi aholi
bilan navbatdagi deputat qabulini o‘tkazdi. 

Mazkur uchrashuv ochiq muloqot, xalq dardini tinglash va muammolarga yechim topish maydoniga aylandi. 

Mahallalarda yashovchi bir guruh fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar bilan ishtirok etdilar. 

Xususan, suyultirilgan gaz ballonlari ta’minoti, sog‘liqni tiklash bilan bog‘liq muammolar, turar joylarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar ko‘tarildi. 

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlar ishtirokida joyida hal etish choralari ko‘rildi. Ayrim masalalarga joyida yechim topildi, muddat talab
etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi  

Slide 1 of 4