Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muborak tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Халқ депутатлари Қашқадарё вилояти Кенгаши ва Коррупцияга қарши курашиш ҳудудий Кенгашининг маиший коррупцияга ҳолатларига барҳам бериш борасида Кўкдала туманида амалга оширалаётган ишлар аҳволи юзасидан танқидий йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Yakkabog‘da deputatlar va mahalla tizimi faoliyati chuqur tahlil qilindi
янв.21
Senatorlar va mahalliy Kengashlarning samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — AMALIY YECHIMLAR MARKAZIDA
янв.21
Xalq bilan muloqot — muammolarga yechim, takliflarga imkon!
янв.21
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma to'rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samaradorligini oshirish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
янв.21
Bugun xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorligini memorandum imzolash orqali kuchaytirishga kelishildi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat-notijorat tashkilotining tumandagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorligini memorandum imzolash orqali kuchaytirishga kelishildi.

✍️Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati - Kengash kotibiyati mudiri Muhammadiyev Komiljon Bo‘riyevich tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat olib borayotgan "Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat- notijorat tashkilotining faoliyatida ishtirok etib, tashkilot tomonidan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlarida qatnashidi.

💼Deputat Qiziriq tumanidagi “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat-notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi Norpulatov Xudoyberdi Shoto‘rayevich bilan uchrashib, tuman Davlat xizmatlari markazida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish, tegishli huquqiy hujjatlar loyihalarini tuzishda koʻmaklashish orqali ham amaliy yordam koʻrsatilishi bilan bog‘liq faoliyatini fuqarolarga tanishtirishdagi faoliyatida ishtirokida hamkorlikda fuqarolar va saylovchilarga huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalar kelishib olindi.

🤝Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri Muhammadiyev Komiljon Bo‘riyevich Qiziriq tumanidagi “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat-notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi Norpulatov Xudoyberdi Shoto‘rayevich bilan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Chorshanbiyev Bahodir Ruziyevich ishtirokida kelgusidagi hamkorligi yuzasidan memorandum imzolash orqali faoliyatini tashkil etishga kelishildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3