Yangiliklar

“Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha navbatdagi qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, Oltiqahramon MFY hududida joylashgan 0,50 gektar yer maydonida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil bog‘” tashkil etish tashabbusi ma’qullandi.

📍 Qarorga ko‘ra:Obodonlashtirish boshqarmasiga hududni qabul qilib olish, ko‘chatlarni parvarishlash va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish;

Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga loyiha xarajatlarini aniqlash va nazorat qilish vazifalari mas‘ul rahbarlarga yuklatilgan

💰 Loyiha qiymati: 250 mln so‘m

Ushbu masala yakuniy tasdiq uchun tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.

Sessiya oldidan masala Kengash kotibiyati mudiri F.Xolmuratova tomonidan o‘rganib chiqildi.

Slide 1 of 4