Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahallaga biriktirilgan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov tumanning “Qoronqul” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi A.O‘rmonov faoliyatini o‘rgandi.

🔻O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish, bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yoshlarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, ularni doimiy ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔻Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan ishsiz yoshlar bilan individual tartibda ishlash, ularning bandligini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔻Ayniqsa, ishlash istagida bo‘lgan, biroq muayyan sabablarga ko‘ra bandligi ta’minlanmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni mehnat bozori talablariga mos kasblarga yo‘naltirish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.

🔻O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga mahalladagi ishsiz yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1