Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobovga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “G‘azalkent” mahallasi bo‘yicha ijtimoiy xodim G.Junisova faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish, mavjud muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mahallada “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan jami 24 ta oila mavjud. Ularning 11 tasi davlat ta’minotidagi oila, 13 tasi kambag‘al oila hamda 1 tasi kambag‘allik chegarasidagi oila toifasiga kiritilgan.

🔻O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan mazkur oilalar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini o‘rganish, oilalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilashga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

🔻Ayniqsa, reyestrga kiritilgan oilalarni faqat ijtimoiy yordam bilan qamrab olish emas, balki ularning iqtisodiy holatini yaxshilash, daromad manbalarini shakllantirish va mavjud muammolarini bosqichma-bosqich bartaraf etish orqali reyestrdan chiqarish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, oilalarning reyestrdan chiqishiga erishishda ularning daromadlarini oshirish, mehnatga layoqatli a’zolarini band qilish, mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirish va iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish tavsiya etildi.

Slide 1 of 4