Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#haftalik_ish_reja #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masala #162_qonun 👮‍♂️ “Turon” mahallasida uchastka noziri faoliyati tahlil qilindi

Tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova o'z saylov okrugiga qarashli “Turon” mahallasida bo‘lib, hududdagi profilaktika inspektori — uchastka noziri faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida uchastka noziri tomonidan mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash, oilaviy-maishiy muammolarni barvaqt aniqlash hamda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktik ishlarning tashkil etilishi va mahalla yettiligi bilan hamkorlikning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-371-sonli Qonuni ijrosi hamda shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligi yuzasidan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doirasida amalga oshirildi.

🔎 Joylardagi o‘rganishlar orqali mavjud muammolarni aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish va tegishli mas’ullar oldiga aniq vazifalar qo‘yish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.