Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg'amova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaat asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘ini, A.T. Xuqandiy mavzesi, 110-uy, 40-xonadonda yashovchi boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz ona Komilova Dilshodahon 1 nafar farzandi bilan istiqomat qilayotgani hamda ta’mirtalab xonadonini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi.

️Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida K.Dilshodahonning xonadoniga borib, fuqaro bilan uchrashish, muammoni joyida o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Shuningdek, fuqaroning xonadonini ta’mirlash ishlari qachon va qanday tartibda amalga oshirilishi yuzasidan aniq ma’lumotlar asosida asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2