Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg'amova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaat asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Yangi obod” MFY, A.T. Xuqandiy mavzesi, 117-uy, 38-xonadonda yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ona Rustamova Nagirahonnning 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan istiqomat qilishi va ta’mirtalab xonadonini ta’mirlashda yordamga muhtojligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur masalaga amaliy yechim topish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J.Mirzayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida R.Nagirahonnning xonadonini ta’mirlash masalasini joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqaro bilan uchrashib, mavjud muammoni aniqlash hamda imkoniyatlardan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Shuningdek, so‘rovda xonadonni ta’mirlash ishlari qachon va qanday tartibda amalga oshirilishi, mazkur masala yuzasidan ko‘riladigan choralar va mavjud imkoniyatlar haqida aniq ma’lumot hamda asoslantirilgan tushuntirish berish talab qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob olinishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi nazorat qilinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2