Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_qonun
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
🏛 “Kattabog‘” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat S.Abdulaxatova saylov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasida mahalla raisi R.Ortiqov bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

📊 Savolnoma asosida o‘rganish jarayonida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilindi.

💼 Shuningdek, mahallada yaratilgan ish o‘rinlari, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik loyihalarining samaradorligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Asosiy maqsad — mahallada aholi bandligi va daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3