Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Avvalroq Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi
R. Isakov, Kengash kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov hamda shahar Kengashi deputati M. Xojiyeva tomonidan 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilgan edi.

O‘rganish davomida muassasada ko‘mir zaxirasini shakllantirish, shuningdek, bino hududidagi mavjud masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berilgan.

Jumladan, muassasa tomonidan binoning orqa tomonidan qo‘shimcha eshik ochish hamda Namangan shahar gaz ta’minoti xodimlari tomonidan gaz quvurini olib tashlash masalasida amaliy yordam so‘ralgan edi.

Bugungi kunda mazkur murojaat yuzasidan tegishli mutaxassislar tomonidan ishlar olib borilib, gaz quvurini olib tashlash bilan bog‘liq masala bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

Muassasada kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish va mavjud muammolarni amaliy jihatdan hal etish bo‘yicha ishlar nazorat asosida davom ettirilmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari, yoqilg‘i zaxiralari va zarur sharoitlari joyida o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berilishi amaliyotda qo‘llanmoqda.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-595-son, 2019-yil 16-dekabr hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari o‘rganildi.
 

Slide 1 of 2