Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
«SOBIROBOD» MAHALLASIDA YANGI FUTBOL MAYDONCHASI BARPO ETISH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normetova Sobura Voxobovna tomonidan Yunusobod tumani hokimiga 9-mavze «Sobirobod» mahallasida yangi futbol maydonchasi tashkil etish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

⚽️Murojaatda mahallada istiqomat qiluvchi bolalar va yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yangi futbol maydonchasini barpo etishga ehtiyoj mavjudligi qayd etilgan.

📍Shuningdek, mahalla hududida mazkur futbol maydonchasini tashkil etish uchun mo‘ljallangan yer maydoni mavjudligi, biroq ushbu masala hozirgi kunga qadar hal etilmaganligi ta’kidlangan.

🔎Deputatlik so‘rovida:

▫️«Sobirobod» MFY hududida yangi futbol maydonchasini barpo etish uchun taklif etilayotgan yer maydonini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish;

▫️hududda zamonaviy va xavfsiz futbol maydonchasini barpo etish imkoniyatini ko‘rib chiqish;

▫️futbol maydonchasini qurish ishlarini tegishli hududiy va investitsiya dasturlariga kiritish hamda zarur moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

▫️loyihani amalga oshirish imkoniyati va muddatlari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish;

▫️o‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar yuzasidan deputatga belgilangan tartibda yozma axborot taqdim etish so‘ralgan.

👧👦Mazkur tashabbus mahalladagi bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

⚖️
Qonunchilik asosida:


Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 5 va 8-moddalari asosida yuborildi.