Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Aytim mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollar bilan ishlash, bandligini ta’minlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🤝 Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan oilaviy muhitni mustahkamlash, ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni turli kasb-hunarlarga jalb etish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

📋 Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning manzilliligi, murojaatlarni o‘rganish va muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish holati ham tahlil qilindi.

🌷 O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

💐 Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi faolligini oshirish — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 3