Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Imtiyozli kredit va limonchilik yo‘nalishi: Besarang mahallasidagi mikroloyihalar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Ismoilov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mahmudov tomonidan Besarang mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining tavsiyasi va amaliy ko‘magi asosida yo‘lga qo‘yilayotgan mikroloyihalar faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, hokim yordamchisining tavsiyasi va ko‘magi asosida fuqaro R. Tojiboyevga 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. Mazkur mablag‘ hisobidan 20 sotix maydonda zamonaviy issiqxona barpo etilib, limon yetishtirish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur loyiha orqali foydalanilmayotgan yer maydonidan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish bilan bir qatorda, yangi daromad manbaini yaratish va aholi bandligini ta’minlash imkoniyati yaratilmoqda.

O‘rganish yakunida mikroloyihaning bugungi faoliyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, loyihani yanada kengaytirish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4