Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
AHOLI XAVFSIZLIGI VA HUQUQIY SAVODXONLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

AHOLI XAVFSIZLIGI VA HUQUQIY SAVODXONLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA

📍 “Ziyo” MFY

⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov tomonidan “Ziyo” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada sentyabr oyida amalga oshirilgan ishlar hamda oktyabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar bilan yaqindan tanishildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud masalalarni manzilli hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🛡 Shuningdek, aholi, ayniqsa keksalarni plastik kartalaridan mablag‘larning noqonuniy yechib olinishi va turli firibgarlik holatlaridan himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

❗️Fuqarolarga bank kartasi ma’lumotlari va tasdiqlash kodlarini begona shaxslarga bermaslik, shubhali qo‘ng‘iroq va xabarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hamda moliyaviy xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

⚖️ DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR DOIRASIDA

💡O‘rganish va targ‘ibot ishlari davomida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish hamda aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Jumladan:

🔹 “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun — fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish;

🔹 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun — yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;

🔹 “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun — fuqarolarning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish;

🔹 Ijtimoiy xizmatlarga oid qonunchilik — ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar, jumladan, keksalar bilan manzilli ishlashni ta’minlash.

📌 Asosiy maqsad — aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarni qonuniy asosda hal etishga ko‘maklashishdir.

🇺🇿 Deputatlik nazorati — xalq manfaatlarini himoya qilish va amaliy natijaga erishishga xizmat qiladi!

Slide 1 of 4