Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Oshiq Ota mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
Oshiq Ota mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Eliboyev tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Oshiq Ota mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.

Oilalarning yashash sharoiti, xonadonni saqlash madaniyati, sanitariya holati hamda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, oilalarning mavjud imkoniyatlari, daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi ko‘rib chiqildi.
 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, oilalarni daromadli mehnatga jalb etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
Slide 1 of 2