Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI

KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI

Bugun xorijda qonuniy mehnat qilib, munosib daromad topish istagidagi yoshlar uchun kasb-hunar egallash muhim imkoniyatlardan biriga aylanmoqda. 

Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan GetWork xususiy bandlik agentligi ham ishsiz fuqarolarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitib, ularni xorijiy davlatlarda qonuniy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashmoqda.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov agentlik tinglovchilari bilan uchrashib, ularning ta’lim jarayoni, xorijda ishlashga tayyorgarligi hamda kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Bugungi kunga qadar GetWork agentligining 300 nafardan ziyod tinglovchisi Yevropaning qator davlatlarida qonuniy asosda, o‘rtacha 1 200 AQSh dollari miqdoridagi maosh bilan mehnat qilayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda yoshlarni kasbga yo‘naltirish, xorijiy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga maqsadli o‘qitish, shuningdek, ularning xavfsiz va qonuniy bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni xorijiy ish beruvchilar talablariga mos ravishda tayyorlash, ularni qonuniy mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi. 

Bu yo‘nalishlarda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish hamda fuqarolarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborish choralari belgilangan.

O‘rganish va muloqot jarayonida aholi bandligini ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, yoshlarni daromadli mehnatga jalb etish hamda fuqarolarning qonuniy bandligini ta’minlashga oid “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr mazmun-mohiyatiga ham e’tibor qaratildi. 

Mazkur qonun bandlik, kasb-hunarga o‘qitish va aholini mehnat bozoriga moslashtirish masalalarida muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Slide 1 of 5