Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
DEPUTAT VA YOSHLAR: EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA AMALIY TASHABBUSLAR

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ DEPUTAT VA YOSHLAR: EKOLOGIK MAS’ULIYAT VA AMALIY TASHABBUSLAR

🏛 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔺 Uchrashuvda mamlakatimizda yashil taraqqiyotni ta’minlash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📁 Muloqot davomida yoshlarning ekologik jarayonlardagi ishtirokini yanada faollashtirish, ularning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva yoshlarning ekologik masalalarga bo‘lgan qiziqishi, fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflarini tingladi. Bugungi kunda yosh avlodda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni kundalik hayot tarziga aylantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

♻️ Uchrashuvda ekologik madaniyatni yuksaltirish, yashil hududlarni asrash va kengaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi masalalarda yoshlarning faol ishtiroki muhim ekani qayd etildi. Zero, ekologik barqarorlikni ta’minlash faqat muayyan soha vakillarining emas, balki jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlarning mas’uliyatli munosabatini talab etadi.

📚 Tadbir doirasida “Yashil taraqqiyot tamoyillari: tahlil va natijalari” nomli risola taqdimoti ham o‘tkazildi. Undagi yashil taraqqiyot, ekologik barqarorlik va atrof-muhitni asrashga oid muhim g‘oya hamda tahlillar yoshlar e’tiboriga havola etildi.

🌳 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning tashabbuslarini tinglash va ekologik mas’uliyatini oshirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa mahalliy Kengash deputati faoliyatida yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bilan hamohangdir.

🤝 Deputat va yoshlar o‘rtasidagi bunday ochiq muloqotlar ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan, tashabbuskor va mas’uliyatli yoshlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.

🌱 Tabiatga mas’uliyatli munosabat — sog‘lom muhit va barqaror kelajakning muhim garovidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7