Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Navro‘z mahallasida aholi bandligi va daromadlarini oshirish borasidagi ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.X. Mirzayev va M.S. Mirzayev tomonidan 17-Navro‘z saylov okrugidagi Navro‘z mahallasining Yuldosh shaharchasida olib borildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla darajasidagi ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bandlikka muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlash, aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarning qog‘ozdagi ko‘rsatkichlar bilan emas, balki aholining real hayotidagi natijalar bilan baholanishi zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olindi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3