Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Deputat so‘rovi amaliy natija bilan yakunlandi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Xayrullo Jurayev tomonidan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini tartibga solish hamda hududda qulay sharoit yaratish maqsadida “Saxovat” mahallasidagi Mehridaryo va Fayoztepa ko‘chalari kesishmasiga svetofor o‘rnatish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida ko‘tarilib, tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazildi. Murojaatda ushbu chorrahada transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga solish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaxshilash zarurligi qayd etilgan.

Bugungi kunda deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan amaliy chora ko‘rilib, Mehridaryo va Fayoztepa ko‘chalari kesishmasiga svetofor moslamasi o‘rnatildi.

Mazkur ishlar, avvalo, hudud aholisi va yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, chorrahadagi harakatni tartibga solish hamda ehtimoliy yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Deputatlik so‘rovlarining amaliy natija bilan yakunlanishi — fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni hal etishda deputatlik nazoratining muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va ularning ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2