Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #12_band #13_band #deputat_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasida fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi.

Muloqot davomida aholi tomonidan bolalar maydonchasini ta’mirlash, shuningdek, ko‘p qavatli uylardagi liftlarni soz holatga keltirish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida tashkil etilib, jumladan:

12-yo‘nalish — liftlarning ishlashi hamda 13-yo‘nalish — boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlar), yerto‘lalari va atrofidagi maydonlarning tozaligi hamda yoritilishi holati yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolar murojaatlarini nazoratga olish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Aholi murojaatlari — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 1