Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam o‘rganib, tahlil qilib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 7-“Bog‘ishamol” saylov okrugi deputati Sh.Allamurodova “Bog‘ishamol” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida deputat mahalla raisi hamda profilaktika inspektori bilan suhbatlashib, hududdagi mavjud vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar, fuqarolar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari hamda aniqlangan muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, mahallada huquqbuzarlikka moyil fuqarolar bilan individual profilaktik ishlarni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida tashkil etilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va kelgusida bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.