Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tashabbusi bilan Hasanboy mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari hamda mahalla hududida mavjud bo‘lgan ijtimoiy, kommunal, obodonlashtirish va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni qonuniy tartibda o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi aholi murojaatlari, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasi, yoshlar, xotin-qizlar, bandlik hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda murojaatlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Hasanboy mahallasida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni manzilli hal etish va fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4