Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi

11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati o‘rganildi

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi holatini o‘rganish maqsadida Kamaliddin Rahimov nomidagi Namangan shahar 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatlari, muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning musiqa va san’at yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida maktabda tozalik va tartibni ta’minlash, mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tegishli talablar ham e’tiborga olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4