Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Namangan shahrida “Beshinchi ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi

Namangan shahrida “Beshinchi ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi

Namangan shahar hokimligining majlislar zalida “Beshinchi ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov, maktab va maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari, ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.

Forumda 2026–2027-o‘quv yili oldidan ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda Namangan shahridagi 55 ta maktabda 

77 828 nafardan ziyod o‘quvchiga 4 271 nafardan ortiq pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda. Oliy va birinchi toifali pedagoglar soni esa 2017-yildagi 231 nafardan 1 752 nafarga yetdi.

Shaharda ta’lim infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qator maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, buning uchun 49,7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

Forumda ta’lim sifatini oshirish, tarbiya jarayonini takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribani milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Yapon tajribasi – Namangan maktabi”, “Ustozdan ustozga” va “Bir ustoz – bir iqtidor” kabi yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, pedagoglarni sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishga o‘rgatish yangi o‘quv yilining muhim vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Tadbir yakunida ta’lim-tarbiya sohasida faollik va yuqori natijalar ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 12