Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Aholi bandligini ta’minlash masalasi sessiya oldi o‘rganish doirasida muhokama qilindi

Aholi bandligini ta’minlash masalasi sessiya oldi o‘rganish doirasida muhokama qilindi

2026-yil 21-avgust kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullaev, shuningdek, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari S. Gapparova va X. Toshmatova ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan aholi bandligini ta’minlash masalasi sessiya oldi o‘rganish doirasida atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, shaharda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Muhokamalar jarayonida fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahallalarda bandlik bilan bog‘liq muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida sessiyada ko‘rib chiqiladigan masala bo‘yicha zarur ma’lumotlarni umumlashtirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarni shakllantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5