Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
YANGI OBOD MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

YANGI OBOD MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri 

T. G‘apparov, Namangan viloyat saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari 

U. Urmanova, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev, Kotibiyat bosh mutaxassislari 

A. Nurmatov va M. Abdulmajidov, shuningdek, mas’ullardan iborat ishchi guruh tomonidan ish rejasining ijrosi doirasida Yangi Obod MFYda aholi murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla aholisini qiynayotgan muammolar, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari joyida o‘rganilib, ularni amaliy hal etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid ekani o‘rganildi.

Fuqarolarning har bir murojaati mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, masalalarni hal etish tartibi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy chora ko‘rishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, mahallada aholi bilan ochiq va samarali muloqotni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, murojaatlar ijrosini nazoratga olish va amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha aholini xabardor qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘rganish yakunida aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5