Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sumalak Guzari” mahallasida jinoyatchilik muhokama qilindi

“Sumalak Guzari” mahallasida jinoyatchilik muhokama qilindi

Namangan shahrining “Sumalak Guzari” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni chuqur tahlil qilish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jinoyatchilik muhokamasi o‘tkazildi.

Unda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamalov, shahar prokurori Qodirxon Asqarov, shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sotvoldiyev, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bahromjon Orziboyev, mahalla faollari, yoshlar hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.

Muhokama davomida mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularga zamin yaratayotgan omillar atroflicha tahlil qilindi. Mavjud holatni yaxshilash, jinoyatchilikka olib keluvchi muammolarni erta aniqlash va ularni manzilli bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan individual va manzilli ishlash, profilaktik nazoratni kuchaytirish, muammoli oilalar bilan tizimli ishlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur masalalar “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar bilan uyg‘un holda muhokama qilindi.

Muhokama yakunida mahalla hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, yoshlar, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5