Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G.Olimova, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, tuman deputati X.Jo‘raxolov hamda viloyat deputati A.Bababekov ishtirokida Boyovut tumani Olmazor mahallasida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabining faoliyati va moddiy-texnik holati o‘rganildi.

Tashrif davomida maktabda o‘quvchilar va jamoa uchun faollar zali mavjud emasligi, shuningdek, maktab binosi ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida maktab binosini kelgusi yilda kapital ta’mirlash uchun davlat dasturiga kiritish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, o‘rganish davomida maktab hududida barpo etilayotgan usti yopiq futbol maydoni (sun’iy qoplamali) hamda yoshlarning jismoniy faolligini oshirishga mo‘ljallangan workout sport maydonchasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishildi.

Slide 1 of 7