Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida”gi KQ-51-V-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida”gi KQ-51-V-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to‘g‘risida”gi KQ-51-V-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyatida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan shahar Kengashi kotibiyati faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, kotibiyatda hujjatlar bilan ishlash tizimi, ish yuritish jarayonlari, hujjatlarning belgilangan tartibda va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish holati hamda kotibiyatning minimal talablar asosida jihozlanganlik darajasi batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, kotibiyat faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ish jarayonlarini tizimlashtirish, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda faoliyatni amaldagi me’yoriy talablar asosida takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha kotibiyat mudiriga Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan tegishli tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ta’kidlanganidek, Kengash kotibiyati faoliyatini namunali tashkil etish deputatlik faoliyatini samarali qo‘llab-quvvatlash, Kengash ishini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦



 

Slide 1 of 4