Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov tomonidan "Yangi obod" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xizmatlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Qabul jarayonida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha ijro muddatlari belgilandi hamda ularning bajarilishi nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va ularni amaldagi qonunchilik asosida bartaraf etish bunday sayyor qabullarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan sayyor qabullar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3