Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #murojaatlar_daftari #deputat_faoliyati
#deputat_okrugida #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

«Istara» mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 23-Navbur saylov okrugidan saylangan deputat Q. Igamberdiyeva o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Istara» mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning murojaatlari, taklif va muammolarini bevosita tingladi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan mahalladagi mavjud muammolar, infratuzilma, ijtimoiy masalalar hamda kundalik hayotda duch kelinayotgan muammolar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

Bildirilgan murojaatlarning har biri deputat tomonidan alohida e’tiborga olinib, deputatning «Murojaatlar daftari»ga qayd etildi. Ularni hal etish yuzasidan mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish belgilandi.

Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning ijrosini ta’minlash, ularning yechimini izchil kuzatib borish hamda fuqarolarga ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan ma’lumot berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar murojaatlarining ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3