Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Bandixon" mahallasida soliq ma’murchiligi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

✅Bandixon tumanida davlat organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahallabay ishlash tizimi orqali soliq bazasini kengaytirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-Bandixon saylov okrugi deputati X.Abdimo'minov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar "Bandixon" mahallasida bo‘lib, hududga biriktirilgan soliq xodimining ish faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.

✅Mazkur nazorat-tahlil tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

1. Soliq bazasini kengaytirish va yangi sub’ektlar:
Mahallada yangi biznes sub’ektlarini aniqlash, ularni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

2. To‘lov madaniyati va intizom:
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari hamda soliq qarzдорliklarini kamaytirish ko‘rsatkichlari;

3. Tadbirkorlarga amaliy ko‘mak:
Soliq xodimi tomonidan mahalladagi tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumot berish hamda ularning muammolarini hal etishdagi ishtiroki.

✅Tashrif yakunida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish, soliq ma’murchiligida shaffoflikni ta’minlash hamda xonadonbay ishlash tizimi orqali mahalladagi iqtisodiy faollikni oshirish yuzasidan mutasaddi xodimga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1