Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI

#Ustozga_ehtirom #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI

🏛 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylarning sharafli mehnatini e’tirof etishga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔺 Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova hamda Tarmoq kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi raisi Dilfuza Ismoilova ishtirok etib, ustoz va murabbiylarga bayram tabriklarini yo‘lladilar.

📚 Jamila Shermuhammedova o‘z chiqishida ustoz va murabbiylarning yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk, Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni xususida fikr bildirdi. Shuningdek, deputat Jamila Shermuhammedova tomonidan interfaol mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar bilan ochiq muloqot va fikr almashuvlar o‘tkazilib, ustozlik kasbining sharafi va mas’uliyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

📹 Bayram tadbiri doirasida ustozlarga bag‘ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi. Unda va tadbir davomidagi chiqishlarda ta’lim-tarbiya jarayonida ustozlarning o‘rni, yosh avlodni kamolga yetkazishdagi mas’uliyati va fidoyiligi yana bir bor e’tirof etildi.

📁 Tadbirning muhim qismida Akademiyada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib, ta’lim sifatini yuksaltirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professor-o‘qituvchilar rektor tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📉 Mazkur tadbir yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish, ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribasini qadrlash, ilm-ma’rifatga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash kabi maqsadlar bilan hamohang bo‘ldi.

💐 Ustozga ko‘rsatilgan ehtirom — ilm-ma’rifatga, ta’lim-tarbiyaga va kelajak avlod kamolotiga ko‘rsatilgan ehtiromdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8