Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 9-sonli DMTTda ta’lim-tarbiya va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi

Bandixon tumanida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi deputati I.Xalmatov tumandagi 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar.

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda mahalliy vakillik organlariga biriktirilgan 162 ta Qonunlar ijrosini nazorat qilish doirasida o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida ta’lim-tarbiya jarayonlarining metodik ta’minoti, bolalarning kunlik ozuqa ratsioni va taomlar sifati, sanitariya-gigiyena va xavfsizlik me’yorlari hamda muassasaning bo‘lajak kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimlarining sozligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan bog‘cha rahbariyatiga tegishli amaliy va uslubiy ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 1