Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi

Doimiy komissiyalar – Kengashning asosiy ishchi organi

Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatida doimiy komissiyalar muhim o‘rin tutadi. Ular Kengashning ishchi organi sifatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun hujjatlari va davlat dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.

Doimiy komissiyalarning asosiy vazifalari Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta tayyorlash, tegishli sohalarda o‘rganishlar o‘tkazish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, hisobotlarni eshitish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, doimiy komissiyalar hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat dasturlari va investitsiya loyihalarining ijrosini joyiga chiqib o‘rganadi, fuqarolar murojaatlarini tahlil qiladi hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratini olib boradi.

Komissiyalar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari Kengash sessiyalarida muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Kuchli va faol doimiy komissiyalar — bu samarali deputatlik nazorati, qonunlar ijrosini ta’minlash va xalq manfaatlarini himoya qilishning muhim omilidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1