Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida biriktirilgan tashkilot — AT “Xalq banki” filial faoliyati tahlil qilindi

Bandixon tumanida aholiga moliya-bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sоhadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov deputatga biriktirilgan tashkilot hisoblangan AT “Xalq banki” Bandixon tumani Bank xizmatlari markazida bo‘ldi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘RQ–580-son) ijrosini ta’minlash yuzasidan tuzilgan savolnoma asosida filial faoliyati o‘rganildi. Monitoring jarayonida mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, kredit ajratish tartibi va tezkorligi, shuningdek, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holati atroflicha tahlil qilindi.

Yakunda bank mas’ullari bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1