Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yangi obod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-“Yangi obod” saylov okrugidan saylangan deputat G.Payg‘amova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Adxamov va X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, “Yangi obod” mahallasida 84 ta kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reyestri”ga kiritilgan. Hududda yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida 21 ta mikroloyiha ishga tushirilishi natijasida 20 nafar oila a’zosi ish bilan ta’minlangan. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bugungi kunga kelib 20 ta oila “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilgan.

O‘rganish jarayonida har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini alohida o‘rganish, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” hamkorligida kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6