Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gulobod mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Gulobod mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Gulobod mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish, daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, shuningdek, tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.
🏠 Oilalarning yashash sharoiti, xonadonni saqlash madaniyati, sanitariya holati hamda tomorqadan samarali foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish jarayonida fuqaro Salimova Madina xonadonida ham amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mazkur fuqaro kambag‘allikdan chiqarilgani, oilaning sharoiti yaxshilangani va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.
🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, oilalarning daromad manbalarini yanada kengaytirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
📋 O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda individual rejalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.
Maqsad — har bir oilani manzilli o‘rganish, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amaliy natijasini ta’minlash va oilalarning farovonligini oshirish. 

Slide 1 of 4