Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
BOLALAR XAVFSIZLIGI: MUAMMONI YASHIRISH EMAS, UNI BARVAQT ANIQLASH MUHIM
BOLALAR XAVFSIZLIGI: MUAMMONI YASHIRISH EMAS, UNI BARVAQT ANIQLASH MUHIM

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish — qonunchilik talabi bilan bir qatorda, jamiyatning ma’naviy va fuqarolik mas’uliyatidir.

Bugungi kunda voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni zo‘ravonlik va tazyiqning turli ko‘rinishlaridan asrash, eng muhimi, bunday holatlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida chora ko‘rish dolzarb vazifalardan biridir.
Shu bois mazkur masala yuzasidan davra suhbatida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Choriyev, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i I.Kenjayev ishtirok etib, voyaga yetmaganlar xavfsizligini ta’minlash va profilaktik ishlarni kuchaytirish yuzasidan fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

Zo‘ravonlik — “oilaviy masala” emas
Yig‘ilishda ayniqsa bir jihatga e’tibor qaratildi: bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatini “oilaviy masala” deya baholab, unga befarq qarash mumkin emas.
Chunki o‘z vaqtida aniqlanmagan va tegishli tartibda choralar ko‘rilmagan har qanday holat bolaning hayoti, sog‘lig‘i, ruhiy holati va kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu sababli ota-ona, pedagog, mahalla, tibbiyot xodimi, huquqni muhofaza qiluvchi organ va jamoatchilik vakili bolaning xavfsizligini ta’minlashda o‘z mas’uliyatini chuqur anglashi lozim.

Bolaning murojaati — e’tiborsiz qolmasligi kerak
Tadbir davomida ta’lim muassasalarida bolalar bilan ishlashda hushyorlikni oshirish, ularning murojaatlarini tinglash, zo‘ravonlik alomatlarini barvaqt aniqlash va zarur hollarda vakolatli tashkilotlarni belgilangan tartibda xabardor qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, bolalarga o‘z huquqlarini bilish, xavfli vaziyatlarda ishonchli kattalarga murojaat qilish va yordam so‘rashdan qo‘rqmaslik muhimligi tushuntirildi.

Bolani himoya qilish — faqat zo‘ravonlik sodir bo‘lganidan keyin chora ko‘rish emas. Bu, avvalo, uning xavfsizligini ta’minlash, muammoni barvaqt ko‘rish, bolaning ovozini eshitish va zarur yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatishdir.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar, aniqlangan muammolar va mas’ul tashkilotlarning faoliyati deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganib boriladi.
Slide 1 of 10