Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Aydarali” mahallasidagi xotin-qizlar faoli G.Suyerovning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga kiritilgan 70 nafar xotin-qizlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Ushbu toifaga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularni daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunga qadar mazkur toifadagi 64 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Ayni vaqtda 6 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Ularning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib, mos ish o‘rinlariga yo‘naltirish, zarur hollarda kasb-hunarga o‘qitish yoki o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning uy-joy sharoitini yaxshilash masalasi ham o‘rganildi. Jumladan, 2 nafar xotin-qizning uy-joyida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Mazkur ishlar ehtiyojmand xotin-qizlarning yashash sharoitini yaxshilash va ular uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

🔻Mahallada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, jumladan, qolgan xotin-qizning bandligini ta’minlash va uy-joyi ta’mirlanayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 2