Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
CHARX KAMOLON-3 MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a'zosi Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Charx Kamolon-3 mahallasiga aholi uchun yaratilgan sharoitlar va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi.

O‘rganish davomida mahalladagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llar, yoritish tizimi, kommunal xizmatlar hamda hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot davomida ularni qiynayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi. Aholi murojaatlarini o‘rganish, tegishli mas’ullarga yetkazish hamda muammolarni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni «Deputat daftari»ga kiritish, ularning ijrosini nazoratga olish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha ishlar belgilandi.

Mahallalarda aholi bilan doimiy muloqot olib borish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududni yanada obod hamda qulay maskanga aylantirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3