Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
536-MTМDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA ISITISH TIZIMI HOLATI O‘RGANILDI

«Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 11-bandi, ya’ni kuz-qish mavsumida ijtimoiy obyektlardagi isitish tizimlarining holatini o‘rganish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 21-Xirmontepa saylov okrugi deputati, O‘zMTDP a’zosi Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan o‘zi saylangan hududda joylashgan 536-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining umumiy texnik holati, issiqlik quvurlari, radiatorlar hamda isitish uskunalarining ishlash holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xonalarda issiqlikning bir maromda taqsimlanishi, isitish tizimining samaradorligi va mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, muassasaning ovqatlanish xonalari holati o‘rganilib, ta’mirtalab joylarni bartaraf etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan taomlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar uchun qulay, xavfsiz va sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3