Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiya #kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_doirasida

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 186-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida issiqlik tizimining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🕯 O‘rganish davomida tumandagi “Veolia Energy” korxonasiga qarashli qozonxonaning faoliyati, uning texnik holati hamda maktabgacha ta’lim tashkilotini issiqlik bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, issiqlik tizimining barcha mavjud tarmoqlari, quvurlar va tegishli uskunalar holati, o‘lchov ko‘rsatkichlari hamda mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha yuritilayotgan qayd kitobi o‘rganildi.

📈 O‘rganishda aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror va sifatli o‘tkazish, issiqlik ta’minotida uzilishlarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

💼 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo'nalishi hamda haftalik ish reja ijrosi dorasida amalga oshirildi. Unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4