Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_oldi_o'rganish
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
🏫 MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA SHART-SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI


➡️ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N.Himmatova saylov okrugiga qarashli “Nurtepa” mahallasidagi 4-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️ Uchrashuvda maktabning bugungi holati, ta’lim jarayonida uchrayotgan muammolar, mavjud ehtiyojlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Xususan, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, maktab moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Sessiya kun tartibi ham muhokamada

➡️ Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan maktab jamoasining fikr-mulohazalari, takliflari va mavjud muammolari o‘rganildi.

➡️ Bildirilgan takliflar qayd etilib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🔹 Asosiy maqsad — maktab jamoasining fikrini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5