Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZAФAR MFYDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR TUTASH HUDUDLARINI OBODONLASHTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish holati o‘rganildi
янв.21
Qishliq mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Qamashi tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠 NURTEPA MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MANZILLI ISHLAR KUCHAYTIRILDI

➡️ Bugun Sherobod tumanining “Nurtepa” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish va manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️ O‘rganish davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi, daromad manbalari, mavjud muammolari va yordamga bo‘lgan ehtiyojlari atroflicha tahlil qilindi.

➡️ Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tumani hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich boshchiligida Kambag‘allik reyestrida turgan xonadonlar manzilli o‘rganildi.

🔹 Har bir oilaga — alohida yondashuv
Har bir xonadon vakillari bilan bevosita suhbatlashilib, ularning murojaatlari tinglandi. Oilalarning ehtiyojidan kelib chiqib, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha tegishli yo‘nalishlar belgilandi.

➡️ Mas’ullarga har bir xonadon bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga tatbiq etish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish va ko‘rsatilayotgan yordamlarning natijadorligini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

🔹 Maqsad — reyestrdan chiqarish emas, oilalar sharoitini yaxshilash

O‘rganishlarning asosiy maqsadi fuqarolarni shunchaki reyestrdan chiqarish emas, balki barqaror daromad manbasini yaratish, turmush sharoitini yaxshilash va oilalarning mustaqil daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

➡️ Shu bois har bir oila bo‘yicha alohida ish olib borilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilanmoqda.

🔘 Natija — har bir xonadon misolida ko‘rinishi kerak!
Nurtepa mahallasida olib borilayotgan manzilli ishlarning asosiy e’tibori muammoni aniqlashdan uning amaliy yechimini ta’minlashgacha bo‘lgan jarayonni nazorat qilishga qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 7